O‘zbekistonda birinchi yarimyillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa — 18,5 trln so‘mdan 8,9 trln so‘mga, shuningdek, uning kreditlash umumiy hajmidagi ulushi 40,2% dan 19,7% ga qisqardi. Buning fonida mikroqarz va mikrokredit berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlash sekinlasha boshladi.
Iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki Hindiston bilan birgalikda dunyoda oltinning asosiy ikki xaridoridan biriga aylandi.
MB asosiy stavkasining 13,5 foizga tushirilishi pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi — uning “cheklovchi” xarakteri saqlanib qoladi, dedi MB raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyatorning asosiy maqsadi joriy yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 9 foizga tushirishdir.
2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan ikki barobar ko‘p. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Polshadan tushumlar keskin oshdi. Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz etib belgiladi. Ushbu qaror inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganini inobatga olib qabul qilindi.
Ichki bozorda qurilish materiallarining taklifi oshib bormoqda, bu narxlar barqarorlashuviga va yangi uy-joylar narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. Regulyator import qurilish materiallarida narx xavfini ko‘rmayapti.
Markaziy bank Qulay Pul to‘lov tizimi operatori va o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan UzPost shu’ba korxonasining litsenziyalarini chaqirib oldi.
MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga — 6,88 trln so‘mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi.
Yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga qaraganda 30 foizga o‘sdi. Bank kartalaridagi pullarning 23 foizi naqdlashtirib olindi (2023-yilning mos davrida 24 foiz edi). Naqd pullar ulushi 3,7 foiz bandga pasayib, 21,1 foizni tashkil qildi.
Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib, 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning jismoniy hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga kamaydi.
“Davlat belgisi” DUK tomonidan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarining tanlovi e’lon qilindi. Komissiya dizayn loyihalarini o‘rganib chiqib, 15 ta g‘olibni tanlab oladi. 1-o‘rin uchun 20 mln, 2-o‘rin uchun 15 mln, 3-o‘rin uchun 10 mln va 4−15 o‘rinlarga 3 mln so‘mdan mukofot puli beriladi.
Markaziy bank xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yorini 4 foiz bandga pasaytirdi va 14 foiz darajasida belgiladi. Qaror banklarning likvidlik holatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirishga sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan ilk bor zaxiralarni diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritildi va tegishli portfellar shakllantirildi.
Markaziy bank e’lon qilgan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket yettinchi savdo kuni pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta deyarli 125 so‘mga (1 foiz) mustahkamlanib, mart oyidan beri ilk bor 12 600 so‘mdan pastladi.
Markaziy bank e’lon qiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket besh savdo kunidirki, pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta qariyb 84 so‘mga mustahkamlanib, 12 640 so‘mni tashkil qildi.
Uy-joy narxlari keskin oshishi tufayli aholining xarid qobiliyati pasayib, ko‘chmas mulkning bozor va fundamental narxlari o‘rtasidagi tafovut 24 foizga yetdi, deya qayd etdi Markaziy bank. Kvartiralar asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun emas, balki investitsiya obyekti sifatida ko‘proq sotib olina boshlagan.
Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan.
Islomiy banking to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi, u joriy yilda parlamentga kiritiladi, dedi MB raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev. Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyaviy xizmatlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ham qabul qilinishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting